08:02 / 16.05.2019
26827

Hukumat qarori: O‘zbekiston XXI yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun da'vogar 

Foto: O‘zA

O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand shaharlarida Olimpiya shaharchalari quriladi.

Qayd etish joiz, navbatdagi XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 2022 yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo o‘yinlari 2026 yil Nagoya shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lib, 2030 yil XXI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli O‘zbekiston da'vogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.

2030 yilgi aziadani qabul qilish uchun O‘zbekistondan tashqari Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar ham da'vogarlik qilishmoqda.

Mavzuga oid
Top