Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bölimi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda Angren daryosining Ohangaron tumani, Qayirma qişloği hududidan oqib ötuvçi qismida fuqarolar V.B. va boşqalar taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq bilan baliq ovlayotganligi aniqlanib, ulardan «SEAHAWK II» nomli qayiq, elektr qarmoq, akkumulyator va 6942 dona ovlangan baliqlar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Toşkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining dalolatnomasiga asosan 6942 dona baliqlarning noqonuniy ovlanişi natijasida hayvonot yoki ösimlik dunyosiga 281,5 mln. sömlik juda köp miqdordagi zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.B. va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda, deyiladi xabarda.