O‘zbekiston energetika sohasini rivojlantirishga 2 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston kelgusi yilda energetika sohasini rivojlantirish uchun 2 milliard dollargacha mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Reuters.
Kutilishicha, mablag‘ning birinchi yarmi yevrobondlardan, ikkinchisi esa Osiyo taraqqiyot banki kreditidan kelib tushadi.
Yevrobondlar chiqarishni rejalashtirayotgan «O‘zbekneftgaz» hali joylashtirish uchun banklar tanlanmadi, deya kompaniya ijrochi direktori Bahodirjon Sidiqov so‘zlarini keltiradi agentlik.
«O‘ylaymanki, biz kelgusi yilning o‘rtalariga tayyor bo‘lamiz», - dedi u.
OTBning Sharqiy Osiyo Departamenti energetika bo‘limi direktori Ashok Bxargava xabariga ko‘ra, qarz beruvchi O‘zbekiston hukumati bilan gaz quvurlari tarmog‘ini modernizatsiya qilishga imkon yaratadigan 1 milliard dollarlik kredit haqida muzokara olib bormoqda.
«Gazning taxminan 20 foizi tizimda yo‘qotiladi. Agar biz zararni xalqaro darajaga yetkaza olsak, O‘zbekiston gaz eksportini ikki barobar oshirishga qodir bo‘ladi», - dedi u Reuters’ga.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston yiliga 60 milliard kub metr gaz qazib oladi.
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024