Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 22-sentabr kuni keçqurun Nyu Yorkda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşadi. The Guardian naşri yozişiça, muzokaralarda Tramp Zelenskiyni Rossiya bilan energetik sulh tuzişga köndirmoqçi.

20-sentabr kuni AQŞ va Ukraina rahbarlari telefon orqali muloqot ötkazgandi, Financial Times manbalariga köra, bu suhbat «dizel, dizel va yana dizel» haqida keçgan. Keyingi kuni Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Rossiya va Ukraina örtasidagi energetika sulhi ğoyasini muhokama qilgan. Fransiya rahbari bu muloqotni «juda konstruktiv» deb atagan va bu masalani Zelenskiy bilan uçraşuvda ham kötarişni vaʼda qilgan.

Tramp Ukraina qurolli kuçlarining Rossiyadagi dizel işlab çiqariş korxonalari böylab zarbalaridan norozi va allaqaçon Zelenskiydan bunday hujumlarni töxtatişni söragan. 13-sentabr kuni u yonilği narxi oşişi uçun javobgarlikni töğridan töğri Kiyev zimmasiga yukladi hamda mavjud vaziyatga AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi emas, balki Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş sabab ekanini qayd etdi.

Tramp 14-sentabr kuni Moskva va Kiyev bir-birining energetika infratuzilmalariga zarba berişni töxtatişga kelişib olganini maʼlum qilgandi. FT manbalari esa Putin bunday kelişuvga rozi bölmasligi, çunki qişda energetika obyektlariga hujumlar unga Kiyevga bosim ötkaziş uçun qöşimça dastak berişi mumkinligini aytişdi.

Özaro zarbalar almaşinuvi esa töxtamadi. Ötgan vaqt mobaynida Rossiya Kiyev, Odessa, Zaporijjya, Sumi va Odessa oblastlaridagi energetika infratuzilma obyektlari böylab zarbalar yölladi. Xususan, rossiyalik harbiylar 22-sentabrga ötar keçasi uyuştirgan hujumlar oqibatida Ukrainaning yettita oblasti aholisi elektr taʼminotisiz qoldi.

Öz navbatida, Ukraina Sizran, Yaroslav, Moskva va Kuybişevdagi neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalar berdi. Tramp zavodlarga muntazam hujumlar tufayli endi Rossiya öz dizel sanoatini nazorat qila olmayotgani va bundan «butun dunyo jabr körayotgani»ni aytdi.

Kremldagilar energetika sulhini «yaxşi ğoya» deb atadi, biroq neftni qayta işlaş zavodlarining xavfsiz işlaşi va neft mahsulotlari işlab çiqarişning ösişi «jahon muammolari»ni hal qilmasligini, yetkazib berişga qöyilgan sanksiyalarni bekor qiliş va tankerlar xavfsizligini taʼminlaş muhimroq ekanini qayd etdi.

Zelenskiy esa Rossiya va Ukraina muammoga turliça rakurslardan qaraşini aytdi: Moskva neft va gaz sotişni, Kiyev esa – fuqarolarining uylarida elektr bölişi haqida öylaydi. U Rossiyaga sulh uçun obyektlar röyxatini «stolga qöyiş»ni taklif qildi. Duşanba kuni Zelenskiy Rossiya zarbalarni töxtatişi kerak bölgan obyektlarni sanab ötdi: