Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya va Ukrainaning energetika infratuzilmasi obyektlariga özaro zarba berişni töxtatiş böyiça AQŞ taklifini muayyan şartlar asosida qöllab-quvvatlaşga tayyorligini maʼlum qildi.
Zelenskiy 14-sentabr kuni keçki videomurojaatida Vaşington Rossiyaning uruşni tugatişga haqiqatan tayyorligini taʼminlay olsagina, Kiyev keskinlikni pasaytiriş böyiça qadam taşlaşini aytdi.
Uning sözlariga köra, hozir AQŞ tomonidan muhim infratuzilma obyektlariga özaro zarbalarni töxtatiş böyiça jiddiy taklif mavjud.
Zelenskiy Rossiyaning Ukraina muhim infratuzilmasiga hujumlarini va Ukrainaning javob zarbalarini töxtatiş deeskalatsiya yölidagi birinçi qadam bölişi mumkinligini taʼkidladi. Ukraina bunday ssenariyni qöllab-quvvatlaşga tayyor, dedi u.
Şu bilan birga, Ukraina prezidenti hozirgaça Rossiya tomonidan uruşni tugatişga haqiqiy intiliş körinmaganini taʼkidladi. U Kiyev hamkorlaridan aniq taklif va kafolatlarni kutayotganini bildirdi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasiga zarba bermaslikka kelişib olganini maʼlum qilgan edi.
Tramp jahonda dizel yonilğisi narxining oşişini ham asosan Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş bilan boğlagan.
Rossiya tomoni Trampning energetika obyektlariga zarbalarni töxtatiş böyiça kelişuv haqidagi bayonotiga hozirça rasmiy munosabat bildirmagan.
Financial Times manbalariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qiş boşlanguniga qadar Ukraina energetika infratuzilmasiga hujumlarni töxtatiş niyatida emas. Naşr manbalari Kreml bunday zarbalar Kiyevga bosimni kuçaytirişi mumkin, deb hisoblayotganini bildirgan.
Bundan bir kun avval Tramp Kiyevni Rossiyaning dizel yonilğisi bilan boğliq infratuzilmasiga zarba berişni töxtatişga ham çaqirgan edi.












