O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarining kiritilishiga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytiladi.
Hujjat bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi. Yirik investitsiya loyihalari doirasida bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalari soddalashtirilgan tartibda investorlarga doimiy foydalanishga investitsiya arizalari asosida beriladi.
Yirik kapital investitsiya loyihalarini soddalashtirilgan tartibda investorlarga doimiy foydalanishga tadbirkorlik sub'yektlari egaligida bo‘lmagan bo‘sh yer uchastkalari hisobidan beriladi.
Quyidagi holatlarda:
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, aeroportlar, aerodromlar, temir yo‘l transporti obektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimlari obektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish) bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bino va inshootlar hamda qishloq xo‘jalik ekinlari joylashgan yer uchastkalari ham soddalashtirilgan tartibda investorlarga beriladi.
Yirik kapital investitsiya loyihalari doirasida bino va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalari soddalashtirilgan tartibda quyidagi yuridik shaxs bo‘lgan investorlarga doimiy foydalanishga beriladi:
investorda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun DTIA yoki DTIH mavjud bo‘lganda;
doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarida investitsiya loyihalari doirasida bino va inshootlar qurish tajribasi mavjud bo‘lganda;
kiritilayotgan investitsiyaning hajmi 10 mln. dollardan kam bo‘lmaganda.
Mintaqalar hamda aholi punktlarining turiga nisbatan investitsiya loyihalari hajmining eng kam miqdori quyidagicha belgilanadi:
















