Parlament quyi palatasida Innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi tomonidan «Qonunçilikka soğliqni saqlaş tizimiga innovatsion texnologiyalar joriy qilinişini rağbatlantirişga qaratilgan qoidalarni kiritiş» mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Tadbirni ötkazişdan asosiy maqsad – tibbiy xizmatlarni körsatiş sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş jarayonlarini rağbatlantiriş va faollaştiriş maqsadida milliy qonunçilik tizimini yanada takomillaştirişga doir masalalarni muhokama qiliş hamda tegişli takliflar işlab çiqişdir.
Davra suhbatida soğliqni saqlaş sohasida sifatli tibbiy xizmat körsatişda samarali axborot kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy innovatsion mexanizmlar lozim darajada qöllanilmasdan kelinayotganligi ta'kidlab ötildi.
Tibbiyot sohasida öz yeçimini kutayotgan dolzarb masalalardan biri — rivojlangan mamlakatlarda keng tarzda qöllanilayotgan telemeditsina institutini joriy etiş, bunda uning huquqiy asosi hisoblangan Özbekiston Respublikasining “Telemeditsina töğrisida”gi Qonun loyihasini işlab çiqiş, şuningdek, aholiga, ayniqsa çekka qişloqlardagi fuqarolarga qulay şaroitlarni ta'minlaşda “elektron poliklinika” tizimini keng joriy etiş hisoblanadi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari töğrisida haqqoniy ma'lumotlar, işonçli tibbiyot statistikasining yagona bazasi töliq şakllantirilmaganligi soğliqni saqlaş tizimi ahvolini munosib baholaş va mavjud muammolarni hal etiş böyiça samarali çora-tadbirlarni işlab çiqiş imkonini bermayapti.
Tadbirda iştirokçilar tomonidan amaldagi qonunçilikda soğliqni saqlaş tizimiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilinişini rağbatlantirişni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan normativ huquqiy bazani takomillaştiriş böyiça bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.








