Avstriya kansleri Sebastyan Kurs vitse-kansler Hayns-Kristian Ştraxe iste'foga çiqqaç, mamlakat parlamentga muddatidan oldin saylovlar ötkazişni taklif qildi, deb xabar bermoqda TASS.
Kursning qayd etişiça, u öz siyosiy kursiga sodiq holda mamlakat ravnaqi uçun işlaşda davom etmoqçi, faqat hukumatda mojaroli holatlardan xalos bölgan holda.
U şuningdek, Avstriya ozodlik partiyasi bilan respublika koalitsion hukumatining işi tugatilişini ma'lum qildi. Unga köra, Avstriya ozodlik partiyasi endi uning hamkori böla olmaydi.
18 may kuni Ştraxe rossiyalik ayol bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib iste'foga çiqarilgan edi. Keyinroq u Rossiya emas, Latviya fuqarosi bölgan ayol bilan uçraşib yurganini tuşuntirgan.
Ştraxening qilmişlari haqida dastlab «Zyuddoyçe Tsaytung» gazetasi xabar bergan. Naşr özining internet saytida siyosatçi va uning yordamçisi Yohann Gudenus Ibitsada rossiyalik oligarxning jiyani bilan uçraşayotgani haqidagi videoni e'lon qilgan. OAV ma'lumotlariga köra, ular 2017 yilgi saylovlardan bir neça oy avval hamkorlik haqida kelişib olişgan.
Taxmin qilinişiça, ayol Ştraxega saylovlarda ğolib çiqişda yordam berişi kerak bölgan. Buning evaziga siyosatçi unga quriliş sohasidagi davlat buyurtmalarining bir qismini berişni va'da qilgan.













