Ispaniya çempionatining oxirgi turida Madridning «Real» klubi Sevilyaning «Betis» klubini qabul qilib, 0:2 hisobida mağlub böldi.
Öyinda hisob 61-daqiqada Lorenso Moron tomonidan oçildi, unga Andreas Guardado assistentlik qildi. 75-daqiqada madridliklar klubi tarbiyalanuvçisi Xese Rodriges özining sobiq jamoasi darvozasini işğol qildi. Uni bu vaziyatda Ektor Firpo golli pas bilan ta'minladi.
Şu tariqa, Zidan jamoasi mavsumni qatorasiga ikki mağlubiyat bilan yakunlaydigan böldi. Qolaversa, bu madridliklar uçun sönggi 4 öyindagi uçinçi mağlubiyatdir - jamoa aprel oyi oxirida «Rayo Valekano»ga safarda yutqazdi (0:1), keyin «Vilyarreal»ni öz uyida qiyinçilik bilan yengdi (3:2), ötgan turda esa «Real Sosedad»ga safarda mağlub böldi (1:3). Umuman, Zidan kelganidan keyin ötkazilgan 11 öyinda jamoa faqat 5 marta ğalaba qozondi, 4 öyinda mağlub bölib, 2 bor durang öynadi.
«Qirollik klubi» joriy mavsumdagi 38 öyinda jami 12 bor mağlub böldi. Klub bundan yomonroq natijani 45 yil muqaddam qayd etgan: 1973/74 yilgi mavsumda «Real» 34 öyindan 13tasida yutqazgan va mavsumni sakkizinçi örinda yakunlagan.
«Betis» bu ğalabadan keyin oçkolari sonini 50taga yetkazdi va Ispaniya çempionatini 11-örinda yakunladi. «Real» 68 oçko bilan uçinçi böldi — madridliklar keyingi mavsumda Çempionlar ligasida iştirok etadi.
«Real» bu mavsumda jiddiy sovrin qölga kirita olmadi. Mavsum boşida Yevropa Superkubogi uçun bahsda «Atletiko»ga yutqazdi (2:4), Yevropa Çempionlar ligasini 1/8 finaldayoq «Ayaks»ga ikki öyin natijasiga köra mağlub bölib tark etdi (2:1, 1:4), Ispaniya Kubogidagi kuraşni esa 1/2 finalda töxtatdi - «Barselona» ikki öyin natijasiga köra madridliklardan ustun keldi (1:1, 0:3). «Real»ning bu mavsumdagi yagona sovrini — klublar örtasidagi jahon çempionati ğolibligi böldi.
Ispaniya çempionati
38- tur
Real Madrid – Betis 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 61 Moron, 0:2 – 75 Xese.
Real Madrid – Navas, Naço, Marselo, Varan, Karvaxal, Valverde (Isko, 69), Lorente, Braim Dias (Asensio, 60), Modriç, Vinisius Junior, Benzema (Vaskes, 76).
Betis – Lopes, Bartra, Mandi, Feddal, Firpo, Gerrero, Kaptum (Xese, 68), Vilyam Karvalyu (Sidney, 90), Guardado, Lo Çelso, Moron (Telo, 74).
Ogohlantirişlar: Kaptum (30), Lorente (37), Valverde (49), Karvaxal (58), Isko (85).












