Yakunlanayotgan hafta Özbekiston sportidagi eng asosiy yangilik – rahbariyatdagi kutilmagan özgariş böldi. 15 may kuni Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov uşbu lavozimdagi salkam bir yarim yillik faoliyatidan söng iste'foga çiqdi.
Şu kuni qömita Boş assambleyasining navbatdan taşqari majlisi çaqirildi. Unda assambleyaning 32 a'zosi va mamlakat sporti mutasaddilaridan taşqari hukumat va prezident administratsiyasi mulozimlari ham qatnaşdi. Majlisda bunga qadar Toşkent şahri hokimi, vazir va deputat sifatida faoliyat yuritgan, ayni paytda Özbekiston qiliçbozlik federatsiyasi raisi va Vazirlar Mahkamasida direksiya direktori lavozimida işlayotgan Rustam Şoabdurahmonov MOQ yangi prezidenti etib saylandi.

«Ançadan beri şunga qarab kelayotgandi»
Uşbu özgariş nafaqat sport jamoatçiligi uçun kutilmagan yangilik, balki hukumat uçun ham şoşilinç qaror bölganini taxmin qiliş mumkin. Çunki iste'fodan bir kun oldin, 14 may kuni Vazirlar Mahkamasining 401-sonli qarori imzolangan, uşbu qarorda yozgi Osiyo öyinlarini Özbekistonda ötkazişga tayyorgarlik böyiça respublika işçi guruhi raisining örinbosari sifatida Umid Ahmadjonov körsatib ötilgandi.
Ammo 15 may kungi yiğilişda boş vazir Abdulla Aripov vaziyat «ançadan beri» mazkur özgarişni taqozo etib kelganini qayd etib ötdi.
«Bu ança jiddiy masala. Ançadan beri şunga qarab kelayotgandi.
Oldimizda katta tadbirlar, sinovlar bor. Oçiğini aytsak, sizlar bilan sportimizning hozirgi kundagi ahvoli qanday, Olimpiadaga qançalik tayyormiz, töğri yöldan ketyapmizmi, degan masalalarni gaplaşadigan paytimizda, afsuski, taşkiliy masalani körib çiqyapmiz», – dedi hukumat rahbari.

Aripov Ahmadjonovning işdan ketişini izohlar ekan, unda mazkur lavozimdagi şaxs uçun zaruriy fazilatlar kuzatilmaganini ta'kidladi:
«Prezidentimiz Milliy olimpiya qömitasi oldiga katta va mas'uliyatli vazifalarni qöymoqdalar. Mazkur topşiriqlarni bajariş uçun rahbar yaxşi boşqaruvçi bölişi, sportçilar bilan yaqin va samimiy munosabatda bölib, ularni yirik va nufuzli musobaqalarga tayyorlaşi, moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etiş qobiliyatiga ega bölişi lozim. Afsuski, Ahmadjonov faoliyatida bular közga taşlanmadi».
















