Shri-Lanka politsiyasi 250ga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lgan turkum portlashlarga aloqadorlikda gumonlangan 89 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Ada Derana nashri xabar berdi.

Politsiya uch guruh: "Jamoat at-Tavhid al-Vataniya", "Jamoat al-Millatu Ibragim" va "Vilayya as-Seylani" guruhlari bevosita aloqador deb hisoblamoqda. Shri-Lanka prezidenti Maytripala Sirisena mamlakatda ushbu tashkilotlar faoliyatini taqiqlovchi farmonnni imzoladi.

Yigirma birinchi aprelda Shri-Lankaning turli qismlarida sakkizta portlash yuz berdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, portlashlar natijasida 260 kishi halok bo‘lgan.