Joriy yilning 8 aprel sanasidan boşlab Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida yangi öquv yiliga qabul jarayonlari boşlandi. Avvalgi yillardagi qabul jarayonidan farqli ravişda bu yil uşbu oliy öquv yurtiga hujjat qabul qiliş töliq onlayn tartibida amalga oşiriladi. 2019/2020-öquv yili uçun universitet kamida 500 nafar talabani qabul qiladi. Jumladan, “Maşinasozlik texnologiyasi”, “Sanoatda xöjalik qurilişi va arxitektura”, “Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari” hamda uşbu yildan yangi yönaliş “Avtomobil muhandisligi” yönalişlari uçun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi.
2019/2020 öquv yilida Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti bakalavriat bosqiçining har bir yönalişi uçun qabul kvotasi quyidagiça taqsimlanadi:

Hujjatlarni topşiriş ikki bosqiçda amalga oşiriladi:
Birinçi bosqiçda abituriyentlar onlayn röyxatdan ötişadi. Röyxatdan ötiş muddati 8apreldan 29 iyun 18: 00ga qadar davom etadi. Birinçi bosqiçdan ötiş majburiy bölib, abituriyentlar uşbu bosqiçni amalga oşirmay ikkinçi bosqiçga öta olmaydilar.
Ikkinçi bosqiç, abituriyent universitet sayti orqali onlayn röyxatdan ötgaç, şaxsni tasdiqlovçi hujjat (pasport), örta va örta maxsus ta'lim haqidagi hujjat – attestat, diplom, diplom olinmagan bölsa – öqişni tugatganligi haqida ma'lumotnoma (asli nusxasi) bilan Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetiga qabul komissiyasiga keladi, abituriyentning biometrik pasport ma'lumotlari va barmoq izlari skanerdan ötkazilib, abituriyentlar ma'lumotlar bazasiga kiritiladi. Şundan söng, abituriyentning barça hujjatlari qaytarib beriladi. Onlayn test sinovi kuni esa biometrik pasport ma'lumotlari va barmoq izlari abituriyentlar ma'lumotlar bazasiga muvofiqligi tekşirib körilgandan keyin, imtihonga kirişga ruxsat etiladi.

Qabul jarayoni bilan boğliq töliq ma'lumotlar, Onlayn anketani töldiriş yoki boşqa turdagi ma'lumotlar yuzasidan qöşimça ma'lumotlar uçun bevosita Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi keltirilgan manziliga murojaat qilişingiz mumkin: Elektron manzil:[email protected]
Şuningdek, haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar universitetda “Oçiq eşiklar kuni” taşkil qilinadi. Unda taşrif buyuruvçilar universitetda talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişişlari mumkin.Telefon raqamlari: 71 246-63-48, 71 246-80-51










