O‘zbekiston | 16:36 / 21.05.2019
24252
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

Foto: KUN.UZ

Akromjon Samig‘jonovich Qo‘chqorov Toshkent viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimda ish boshladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qilmoqda.

Akromjon Qo‘chqorov Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Alimardon Qarshiyevning o‘rnini egalladi.

Quyidagilar viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;

davlat organlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta'minlash;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;

davlat organlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;

"Haj" va "Umra" tadbirlarini o‘tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

ma'naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e'tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta'minlash;

millatlararo totuvlikni va diniy bagri kenglikni ta'minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;

millatlararo do‘stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora- tadbirlarini ko‘rish;

O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko‘maklashish.

Mavzuga oid