Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng barqaror davlat ma'lum qilindi
Norvegiya / Foto: Pixabay
Tijorat ko‘chmas mulki sug‘urtachisi FM Global hisobotiga ko‘ra, Norvegiya 2019 yilda dunyodagi eng barqaror davlat deb topildi.
Barqarorlik indeksi 130 ta davlat va hududni vayronkor hodisalarga bardoshligi bo‘yicha baholaydi. Reytingda davlatlar iqtisodiy ishlab chiqarish, siyosiy barqarorlik, korrupsiyaga qarshi kurash va korporativ boshqaruv mezonlari bo‘yicha joylashtiriladi.
Yetakchi o‘ntalikdan Norvegiyadan keyin Daniya, Shveytsariya, Germaniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Lyuksemburg, Avstriya, markaziy AQSh (chunki AQSh va boshqa katta hamda turfa davlatlar mintaqalarga bo‘lingan) va Buyuk Britaniya o‘rin olgan.
Joriy reytingda 2018 yilgi ro‘yxatdan eng yuqorilagan davlat Ruanda bo‘lgan. FM Global ushbu davlatni “Afrika Singapuri” deb ataydi: u bir yil ichida 72-o‘rindan 35-o‘ringa ko‘tarilib olgan.
Mavzuga oid
13:37 / 14.03.2026
Zelenskiy: AQSh sanksiyalarni yumshatishi Rossiya pozitsiyasini faqat mustahkamlaydi
11:23 / 13.03.2026
Mers: Oslo bilan sheriklik “nihoyatda yaxshi” rivojlanmoqda
09:47 / 12.03.2026
Norvegiyada AQSh dipmissiyasi yonidagi teraktda gumon qilinganlar qo‘lga olindi
22:19 / 25.02.2026