Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hududlarni baholashning reyting tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda qayd etilishicha, mamlakat tuman va shaharlariga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilishda muhim omil hisoblanadigan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalarini davriy baholash tizimi, hududlarning xususiyati va o‘ziga xosligini to‘liq aks ettirish, ma'lumotlarni to‘plash va natijalarni zamonaviy usullar asosida chop etish yo‘nalishlarini takomillashtirilishi zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Tuman va shaharlarni tabiiy, iqlim, iqtisodiy salohiyatidan, mehnat resurslaridan va boshqa o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarini baholashning yagona tizimini joriy qilish maqsadida:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari tasdiqlanishi mumkin.

Quyidagilar baholash ko‘rsatkichlarining eng muhim yo‘nalishlari sifatida belgilanadi:

aholi bandligini ta'minlash, raqobatbardosh mehnat resurslarini shakllantirish va inson kapitalini rivojlantirish;

aholi turmush darajasi va yashash sifatini yaxshilash;

aholi sog‘lig‘i muhofazasi va sog‘lom turmush tarzini ta'minlash;

mahalliy davlat hokimiyat organlarining aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi.

Bunda, eng muhim yo‘nalishlarga erishishni ta'minlash asoslari sifatida:

qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;

hududiy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va sanoatlashtirish, tabiiy boyliklar va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlagan holda yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarish;

xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish;

oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlash va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash;

huquqbuzarliklarni fosh etish va profilaktika ishlari samaradorligi;
bank-moliya sohasini rivojlantirish;