Özbekistonda sud sohasida antikorrupsion muhitni hosil qiliş uçun ahamiyat qaratiş lozim bölgan omillar ma'lum qilindi. 23 may kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT)ning Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida korrupsiyaga qarşi kuraş tarmoği kotibiyati korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça Istanbul harakatlar rejasi doirasida Özbekistonda olib borilgan törtinçi monitoring yakunlarini ma'lum qildi.
«Sud hokimiyati vakillarining nafaqat umumiy, balki alohida, individual mustaqilligi ta'minlanişi lozim.
Şuningdek, Özbekistonda haligaça prokuratura organlarining sud jarayoniga aralaşuvi mavjud bölib qolmoqda. Buni çeklaş kerak» , – deydi IHHT vakili Irina Tsakadze.

IHHT eksperti M.Kaluginning qayd etişiça, korrupsiyaga çek qöyişning muhim qadamlaridan biri davlat xizmatçilarining maqomini aniq belgilab beriş hisoblanadi.
– Özbekistonda antikorrupsion ruhda köplab harakatlar amalga oşirilmoqda. Huquqiy-normativ hujjatlar işlab çiqilyapti, ammo ular şunçaki taşabbus bölib qolmasligi, amaliyotga tatbiq qilinişi va real natija berişi nazorat qilinişi kerak. Korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça idoralararo komissiyasi faoliyatining natijadorligini ta'minlaş uçun kadrlarning şu yönalişda qayta tayyorlanişini yölga qöyiş kerak, – deya ta'kidladi IHHT kotibiyati vakili Tatyana Xavanska.
Ma'lumot uçun, Istanbul harakatlar rejasi 2003 yilda tuzilgan bölib, Özbekiston unga 2010 yilda qöşilgan. Unga köra, harakatlar rejasiga qöşilgan mamlakatlar bir-biridagi milliy antikorrupsion tizimni baholaş, korrupsiyaga qarşi samarali kuraş mexanizmlarini yaratiş böyiça tavsiyalar işlab çiqişlari nazarda tutiladi.










