Kelasi hafta oxirida Antaliyada bölib ötadigan Turkiya – Özbekiston milliy jamoalari örtoqlik öyinini serbiyalik Srdjan Yovanoviç boşçiligidagi hakamlar brigadasi boşqarib boradi.

ÖFA xabariga köra, Yovanoviçga qanotlarda hamyurtlari Uroş Stoykoviç va Milan Mixayloviç yordamlaşadi. Törtinçi hakam sifatida turkiyalik Xalil Umut Meler tayinlangan.

Uçraşuv 2 iyun kuni Antaliyadagi «Alanya» stadionida ötkaziladi. Bu – Turkiya va Özbekiston milliy jamoalari örtasidagi ilk öyin böladi. Özbekiston bunga qadar UYeFAga a'zo 13ta mamlakat termasiga qarşi (ularning barçasi - Şarqiy Yevropa jamoalari) öyin ötkazgan.

Ma'lumot uçun, Turkiya hozirda FIFA reytingida 39-poğonani egallab turibdi. 1 iyundan e'tiboran Şenol Gyuneş jamoa boş murabbiyi lavozimini egallaydi. Uşbu mahalliy mutaxassis 2000-2004 yillarda ham Turkiya termasiga ustozlik qilgan, uning qöl ostida jamoa JÇ-2002da uçinçi örinni egallagan.

Gyuneş ixtiyorida Angliyaning «Everton», «Lester», Italiyaning «Milan», «Sassuolo», Fransiyaning «Lill», Germaniyaning «Ştutgart», Ispaniyaning «Selta» kabi klublarida töp suruvçi futbolçilar bor.

Eslatib ötamiz, Ektor Kuper boşqaruvidagi Özbekiston milliy jamoasi 7 va 11 iyun kunlari Toşkentda KXDR va Suriya milliy termalariga qarşi örtoqlik bahslari ötkazadi.