O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Quyidagilar:

a) 2019-2025 yillarda mahalliy xomashyo geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xomashyo bazasini kengaytirish prognoz ko‘rsatkichlari hamda 2019-2025 yillarda diversifikatsiya qilish va mahsulot turlarini kengaytirish hisobiga qurilish materiallari ishlab chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlari quyidagilarni nazarda tutgan holda:

geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasining xomashyo bazasi hajmlarini ohaktosh bo‘yicha – 13,1 million tonnaga, gips toshi bo‘yicha – 1,8 million tonnaga, loysimon komponentlar, g‘isht xomashyosi, kvars qumi bo‘yicha – 1 million tonnaga, ko‘chgan tog‘ jinslari (bazalt) bo‘yicha – 0,1 million tonnaga, tosh-shag‘al materiallar bo‘yicha – 5,6 million metr kubga;

ishlab chiqarish hajmlarini oboylar bo‘yicha – 47 barobardan ortiq hajmga, yig‘ilgan parket panellari va plitalari bo‘yicha – 19 barobarga, yog‘och qirindili plitalar hamda yog‘och va boshqa yog‘ochbop materiallardan tayyorlangan plitalar bo‘yicha – 15 barobarga, gazbeton bloklari bo‘yicha – 7 barobarga, lak-bo‘yoq materiallari hamda energiya va issiqlikni tejovchi float-texnologiya asosida ishlab chiqarilgan arxitektura-qurilish oynasi bo‘yicha – 4 barobarga, bazaltdan tayyorlanadigan kompozit armatura bo‘yicha – 3 barobarga va sement bo‘yicha – 2 barobarga oshirish;

b) xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy banklarning kreditlarini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan, 2019-2021 yillarda qurilish materiallari sanoati sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalarning yig‘ma ko‘rsatkichlari hamda 2019-2021 yillarda qurilish materiallari sanoati sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar ro‘yxati;

v) 2019-2020 yillarda qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Kompleks chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Belgilanishicha:

vazirlik va idoralar rahbarlari Kompleks chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan ma'lumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradilar va ushbu ma'lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida ko‘rib chiqiladi;