Parijda Gvineya prezidentiga sobiq nomzod Mari-Madlen Diubatedan 45 mln yevrolik brilliant öğirlab ketildi. Bu haqda France Bleu radiostansiyasi xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, siyosatçi ayol Parijning 8-okrugidagi Warwick mehmonxonasida uning brilliantini baholaşi kerak bölgan ikki erkak bilan uçraşgan. Erkaklar özlarini rossiyalik gemmologlar, qimmatbaho toşlar sohasida katta mutaxassislar deb taniştirişgan.

“Mutaxassislar” qimmatbaho toşni “baholab”, uning qiymati 45 mln yevro ekanligini aytib, Diubatega bu haqda sertifikat topşirişgan. Söngra ayol qaramayotganda erkaklar brilliantni almaştirib qöyişgan va unga soxta brilliant solingan qutini berişgan. Ayol birozdan keyin tunab ketilganini anglagan, biroq erkaklar allaqaçon yaşirinişga ulgurib bölişgan. 

Ta'kidlanişiça, brilliant 20 may kuni öğirlangan. 22 mayda uşbu öğrilik yuzasidan jinoiy iş oçilgan. Politsiya kuzatuv kameralaridan yozuvlarni örganib çiqadi. 

Radioning ta'kidlaşiça, Gvineya dunyoda olmos işlab çiqaruvçi asosiy davlatlardan biri hisoblanadi.