Işlardan çalğib, biroz hordiq çiqarişni istaysizmi? Bugun 5 daqiqa böş vaqtni foydali ötkaziş haqida suhbatlaşamiz. Muhim qönğiroqni kutayotganda yoki biroz tanaffus qilişni istaganda nima bilan şuğullanişga ulguriş mumkin?
Kontrast duş

Bir işdan boşqasiga ötişni istadingiz yoki çarçoqni his etdingiz. Beş daqiqa içida özingizga yordam berişingiz mumkin. Buning uçun bor-yöq zarur narsa – tetiklantiruvçi duş. Suv tetiklik beradi va qayta sozlanişda kömak körsatadi. Kontrast duş kayfiyatni kötarib, kuç berişi aniq.
Idişlarni yuving

Uydasiz va biroz böş vaqtingiz bor. Beş daqiqani qulaylik uçun foydali tarzda ötkazişingiz mumkin. Masalan, finjonlarni qahva qoldiğidan tozalang. Buning uçun beş daqiqadan kam vaqt ketadi. Vaqt ham qisqaradi, kerakli iş ham bajariladi.
Iş stolini tartibga soling

Beş daqiqali tanaffus vaqtida tezda bajariş mumkin bölgan yana bir maşğulot.
Tezkor sport

Beş daqiqa davomida planka turiş, bir neça marta ötirib turiş va buraliş maşqlarini bajarişingiz mumkin. Ularning qay biri könglingizga mos keladi? Muhimi, tanaffusni samarali ötkaziş, özingizdan minnatdor böliş va organizmga foyda keltiriş. Bundan taşqari, har kuni taşkillaştirilgan beş daqiqali sport maşğulotlari qanday samarali ekaniga hayron qolasiz.
Tinçlaniş

Tinçlaniş – tanaffusni töldiriş yoki iş jarayonidagi kutiş vaqtini ötkazişning yana bir usuli. Bunday vaqtlarda sevimli musiqa yoningizda bölgani ma'qul. Yotişingiz va oyoqlarni balandga kötarişingiz mumkin – bu usul oyoq va tomirlar uçun foydali.
Uydagi sevimli kişilarga e'tibor bering

Uydagi yaqinlaringiz bilan tez-tez muloqotda bölasizmi? Axir bu nafaqat ular, balki siz uçun ham juda muhim.











