Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida qiymati 500 mln dollar bo‘lgan IES quriladi
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda joriy yilning 10 may sanasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mazmun-mohiyati tadbirkorlarga atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, davlat rahbari tomonidan 2019 yilning aprel oyida qabul qilingan «Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosining mavjudligi jamiyat va iqtisodiyot uchun juda muhim. Qonun qabul qilinishidan tashqari, undan kelib chiqadigan qonunchilik hujjatlarining ishlab chiqilishi va ularning ishlashi – ushbu sohada tizimni yaratish uchun zarur hisoblanadi. Mazkur qonuning qabul qilinishi DXSh sohasiga qonuniy asosni yaratdi, bu esa o‘z o‘rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi. Qonunining o‘ziga xos jihatlari shundaki: u to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat hisoblanadi, demak O‘zbekistonga DXSh yo‘nalishi bo‘yicha pul tikmoqchi bo‘lgan investor uchun boshqa qonunosti hujjatlarni o‘rganish zaruriyati kamayadi.
Davlat rahbarining aprel oyidagi qarorida 2019 yilda tegishli vazirliklar va agentlik hamkorligida 15 ta DXSh loyihalarini ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan. Xususan Navoiy viloyatida qiymati 100 mln AQSh dollari bo‘lgan 100MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, 27 mln AQSh dollari deya baholangan Gemodializ markazlarini yaratish va gemodializ xizmatini ko‘rsatish, Toshkent viloyatida qiymati 500 mln AQSh dollari bo‘lgan IES qurish va modernizatsiya qilish, Xalqaro aeroportni modernizatsiya qilish (umumiy qiymati 470 mln AQSh dollar) loyihalari shular jumlasidan. Mazkur DXSh loyihalari, hamkorlik qilish istagida bo‘lgan xorijiy yoki mahalliy investorlar bilan amalga oshiriladi.
Davra suhbatida tadbirkorlarga shu va boshqa DXSh loyihalari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
10:25 / 18.06.2026