02:03 / 26.05.2019
26294

«Barselona» Ispaniya Kubogi finalida «Valensiya»ga yutqazdi 

Foto: Getty Images

Ispaniya Kubogining finali o‘tkazildi.

Hal qiluvchi bahsda «Barselona» va «Valensiya» klublari to‘qnash keldi. O‘yin taqdirini birinchi bo‘limda urilgan gollar hal qildi. 21-daqiqada Gameyro va 33-daqiqada Rodrigo gollaridan keyin «Valensiya» 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. «Barselona» bunga Messining 73-daqiqadagi yagona goli bilan javob qaytara oldi xolos.

Natijada, «Valensiya» o‘z tarixida 8-marta (1941, 1949, 1954, 1967, 1979, 1999, 2008, 2019) nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. 

«Barselona» musobaqada 30 marta g‘alaba qozongan - bu mutlaq rekorddir. 

Ispaniya Kubogi
Final

Barselona – Valensiya 1:2 (0:2, 1:0)

25 may, Sevilya, «Benito Vilyamarin» stadioni 
Gollar: 0:1 – 21 Gameyro, 0:2 – 33 Rodrigo, 1:2 – 73 Messi. 
Barselona – Sillessen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Koutino, Buskets, Artur (Vidal, 46), Rakitich (Alenya, 76), Nelson Semedu (Malkom, 46), Messi.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Garay, Gayya, Soler, Vass, Koklen, Parexo (Kondogbia, 65), Gedesh, Rodrigo (Diakabi, 88), Gameyro (Pichchini, 72).
Ogohlantirishlar: Gayya (53), Buskets (61), Kondogbia (70), Vidal (89).

Top