“Mersedes” jamoasining britaniyalik poygaçisi Lyuis Xemilton “Formula-1” poygasining 6-bosqiçi – Monako Gran-prisida ğoliblikni qölga kiritdi.
2-örinni “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel, 3-örinni finlyandiyalik poygaçi, Xemiltonning jamoadoşi Valtteri Bottas egalladi.
“Mersedes” joriy mavsumda poyga yakuniga köra birinçi marta ilk ikkita örinni egallay olmadi. Bungaça jamoa poygaçilari ilk beşta bosqiçda 1- va 2-örinni egallaşga muvaffaq bölişgandi.
Umumiy hisobda Xemilton 137 oçko bilan peşqadam bölib qolmoqda. 2-örinni Bottas 120 oçko bilan, 3-örinni esa Fettel 82 oçko bilan egallamoqda.
E'tiborlisi, poyga “Formula-1”ning uç karra çempioni, 20 may kuni 71 yoşida vafot etgan avstriyalik Nika Lauda xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlaş bilan boşlangan.
Poyganing keyingi bosqiçi Monrealda (Kanada) 7-9 iyun kunlari bölib ötadi.












