«Molochnaya kuxnya» ishi: korxona yeri kimniki edi? Sud ishi davom etmoqda

27 may kuni Chilonzor tuman ma'muriy sudi «Molochnaya kuxnya» ishi bo‘yicha eshituvni davom ettirdi. Unda kompaniya rahbari Shuhrat Qayumov mulkning o‘ziga tegishli ekanini, bunga qadar Davlat raqobat qo‘mitasining da'vosiga ko‘ra nizolashganini bildirdi va tegishli hujjatlarni taqdim etdi.
Respublika DSENM rahbari «Molochnaya kuxnya» brendi ostida ish olib borgan Diyor Biznes MChJ faoliyatini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror chiqargach, ushbu qarorni haqiqiy emas, deb topish uchun kompaniya vakillari sudga murojaat qilgandi.
Gap shundaki, DSENM kompaniya faoliyatini to‘xtatib qo‘yishda turli vajlar, xususan Toshkent vaksina va zardoblar ishlab chiqarish ilmiy tekshirish institutida («Molochnaya kuxnya» korxonasiga yaqin hududda) atrof-muhit uchun katta xavf mavjudligini ta'kidlagan.
Sud majlislarida esa tadbirkor Shuhrat Qayumov aynan tahdid va atrofga xavf yetkazishi mumkin bo‘lgan hayvonlar qabristoni mavjudligi yoxud xavfli preparatlar saqlanish ombori haqida asosli ma'lumotlar talab qildi.
DSENM tomonidan tekshiruv o‘tkazishga rozilik bergan Biznes-Ombudsman instituti vakilining aytishicha, yuqori darajadagi xavfning mavjudligi haqida (sudda nomi oshkor etilmagan) tashkilot ma'lumot bergan.
27 may kuni esa Shuhrat Qayumov tadbirkorlik qilib kelayotgan yer-maydon bo‘yicha Davlat raqobat qo‘mitasi bilan uzoq vaqt nizolashganini ta'kidlab, vanihoyat sud orqali haqiqat tiklanganini ta'kidladi.
Sudya Toshkent vaksina va zardoblar ishlab chiqarish ilmiy tekshirish instituti maydonida mavjud, deya qaralayotgan hayvonlar qabristoni haqida batafsil o‘rganish uchun Toshkent shahar Yer resurslari va kadastri boshqarmasi vakilini sudga chaqirishga qaror qildi.
Sud o‘z ishini 31 may kuni davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda
Jahon | 08:41
-
Tesla aksiyalari rekord darajada pasaydi - Bloomberg
Jahon | 08:17
-
Rossiya nefti narxi RF budjeti hisob-kitoblaridan 25 foizga pastladi
Jahon | 08:12
-
Grenlandiyada yangi hukumat tasdiqlandi - ular mustaqillik tarafdori
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

18:30 / 04.02.2025
38 yoshli erkak 13 yoshli qizga ko‘z olaytirdi: Asakadagi bahsli nomus ishi tafsilotlari

11:41 / 07.12.2024
“To‘pponcha o‘qtalib, otib tashlayman dedi” – “Saidaziz medgorodok”ka yana bir “delo” bo‘yicha hukm o‘qilgani ma’lum bo‘ldi

12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

13:02 / 21.08.2024