Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi taşabbusi bilan NAPA Team hamkorligida Toşkent şahrida rezidentlarga maksimal darajada qulay şaroit yaratiladigan, texnologiyalar transferini amalga oşiruvçi loyihalar va kompaniyalar uçun maqbul maydon bölib xizmat qiladigan “NAPA Texnoparki”ni ta'sis etiş böyiça investitsion loyihani işlab çiqilmoqda.
 
NAPA texnoparkining yaratilişi axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar sonini köpaytiriş orqali ilm-fan va ta'limning rivojlanişini rağbatlantirilişiga ta'sir körsatadi, şuningdek axborot texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali kadrlarning xorijga ketib qolişini töxtatib, AT sohasidagi yuqori texnologiyali mutaxassislarning mamlakatga kelişiga turtki beradi.
 
Ta'kidlaş joizki, NAPA Team’ning asosiy maqsadi informatsion texnologiyalar uçun maqbul muhitni va infratuzilmalarni yaratiş bölib, yaqin kelajakda yangi texnologiyalarni yaratiş va transfer qiliş markaziga aylanişi kutilmoqda. Bunda barça iştirokçilar – investorlar, universitetlar, yirik korporatsiyalar, xizmat körsatuvçilar va işlab çiqaruvçilarning manfaatlarining himoya etilişi ta'minlanadi.
 
Rezidentlarga imkon qadar qulay şaroitlarning yaratilişi öz içiga kovorking hududlar, konferensiya zallari eng yaxşi startaplarni va iqtidorli kadrlarni tanlab oliş, boşqaruv jarayonini avtomatlaştiriş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş, biznes va texnologiyalar yönalişidagi öquv markazlari oçiş, rahbariyatning rezidentlar bilan bevosita aloqasi, xususan umumta'lim maqsadida muloqotlar olib boriş, seminarlar, turli tadbirlar, tim bildinglar taşkil etişni öz içiga oladi.
 
Bundan taşqari NAPA texnoparkida Toşkent şahrida kasbiy ta'lim, malaka oşiriş, tor mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlaş böyiça xizmatlarni körsatişga möljallangan NAPA EDU HUB (barça öquv markazlarini birlaştiruvçi yagona Akademiya) yaratiladi.
 
NAPA EDU HUB’ning boş strategik maqsadi – axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yangi ğoyalar yaratişga qodir yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaş, innovatsion loyihalarni işlab çiqiş, amalga oşiriş va optimallaştiriş hamda mana şu kadrlarni Özbekistonning yetakçi taşkilotlariga işga joylaşdir. NAPA EDU HUB axborot tizimi, texnologiyalar va resurslar, robototexnika va mexatronika, marketing va biznes, media va dizayn, şuningdek injiniring sohalarida innovatsion faoliyatni amalga oşiriş uçun yuqori malakali, raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş bilan şuğullanadi.