Kun.uz`ning Janubiy Koreyadagi muxbiri Eldor Vohidov «Koreya kundaligi» ruknidagi navbatdagi maqolasida uşbu mamlakatda yaşab mehnat qilayotgan özbekistonlik muhojirlar turmuşi haqida hikoya qiladi.

«Koreyadan pul jönatib turibdi». Bu gapni köp yurtdoşlarimiz tilidan eşitganmiz. Biroq, öz tajribamizdan xulosa qilib ta'kidlaşni istardikki, şunday deguvçilarning barçasi ham jönatilayotgan pullar qay tariqa işlab topilayotgani haqida töğri tasavvurga ega emas.

Janubiy Koreya 16 davlatdan qonuniy mehnat muhojirlarini qabul qiladi. Röyxatda Özbekiston ham bor. Şu boisdan bu yurtga qonuniy işlaş uçun yöl olgan vatandoşlarimiz talaygina. Ular orasida xorijiy tillarni yaxşi özlaştirgan, şinamgina ofislarda öz joyini topganlari oz emas. Mazkur maqolada esa oğir mehnatda toblanayotgan, rözğor tebrataman deb özini ötga-çöğga urib yurgan zahmatkaş özbek muhojirlari hayotiga e'tibor qaratdik.

Janubiy Koreyadagi hamyurtlarimiz orasida eng keng tarqalgan iş turlarini tanlab oldik va ular bilan yelkama-yelka mehnat qilişga bel boğladik.

«Tekpe»dagi sarguzaştlar yoxud asrga tatigulik tun

Işni aynan «tekpe» (poçta xizmati)dan boşlaşimizga sabab bu özbekistonlik talaba yoşlar orasida eng ommabop mehnat turidir. Öqişga xalal qilmaydi. Iş asosan tunda, şu sababli darsdan keyin tonggaça işlaş mumkin. Kunbay mehnat sirasiga kiradi.

Keçki soat 5larda Koreyadagi eng katta logistika markazlaridan biri, «Lotte» poçta xizmati omboriga yetib keldik. «Sajangnim» (xöjayin) birin-ketin yigitlarga vazifasini bölib berdi. Taxminan yarim soatlarda iş boşlandi.

Talab qilingan asosiy vazifa – yirik yuk maşinalarida olib kelingan yuklarni tuşiriş. Yuklarni aniq ta'riflaş muşkul, turli-tuman vazn va şaklga ega. Bir yuk maşinasini böşatiş uçun 5 kişi taxminan 1 soat vaqt sarflaydi.

«Palli-palli»

Dastlab e'tiborimizni tortgan jihat har 3-4 kişiga mahalliy aholi vakili boşliq etib tayinlanişi va boşliq qöli ostidagilarga dağal muomala qilişi böldi.

Koreyslarning eng yoqtirgan sözi – bu «palli-palli» (tez-tez). Ovqatlanişda, kundalik turmuşda va albatta, eng asosiysi iş mobaynida ham tez-tez harakat qiliş kerakligi doim uqtirib turiladi.