Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin AQSh taklif qilgan "asr kelishuvi"ni rad etdi
Falastin Isroil bilan munosabatlarni barqarorlashtirish bo‘yicha Vashingtonning "asr kelishuvi"ga rozi bo‘lmaydi, AQSh va Isroilning tinchlik o‘rnatish borasidagi barcha oxirgi tashabbuslarini rad etadi, dedi Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdulhafiz Nofal.
"Asr kelishuvi haqida aytishganida, ular bizga g‘alati kun tartibini taklif etishmoqda, falastinlik qochoqlarning vaqtinchalik lagerlarini allaqanday yangi shaharlarga aylantirishni taklif etishmoqda, yerimiz, haqqimiz uchun pul taklif etishmoqda, bunga aslo rozi bo‘lmaymiz", - dedi u.
U Quddus barcha dinlarga tegishli ekanligini qayd etdi.
"AQSh va Isroilning barcha oxirgi tashabbuslariga qarshi chiqayotgan Falastin rahbariyatining qat'iy pozitsiyasini ta'kidlamoqchiman. Quddus biz uchun savdolashadigan narsa emas", - dedi Nofal.
AQSh Donald Tramp prezidentlikka saylanganidan buyon Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha "asr kelishuvi" deb nomlangan rejani tayyorlamoqda, ammo u bilan bog‘liq barcha tafsilotlar ma'lum emas.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026