Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peres Ramos bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha izoh berdi
Foto: Getty Images
«Real» prezidenti Florentino Peres jamoa sardori Serxio Ramos klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi ekani va unga Xitoydan bo‘layotgan takliflar haqida gapirdi.
«Hozirda «Real»ning eng katta shartnomasi Serxio Ramos bilan. U — sardor, eng yaxshi futbolchi va u bunga munosib. Men Serxio Ramosni o‘z o‘g‘limdek yaxshi ko‘raman.
Menga aytishdiki, unga Xitoy klublaridan takliflar bor ekan, ammo u yerdagi qoidalarga ko‘ra ular transfer uchun mablag‘ to‘lay olishmaydi. Men Serxioga aytdim, buning iloji yo‘q. Sardor Madriddan tekinga keta olmaydi», — deya Peresning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Ramos«Real» safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Ispaniyalik futbolchi yakunlangan mavsumda La Liganing 28 o‘yinida maydonga tushib, 6 gol urgan (5tasi penaltidan) va 1 golga uzatma bergan, shuningdek 6 marta sariq kartochka ishlagan.
Peres va Ramos o‘rtasidagi ilk ziddiyat shu yilning martida, jamoa «Ayaks»ga yengilib, YeChLni tark etganida kelib chiqqandi. Prezident o‘shanda o‘yindan keyin jamoa kiyim almashtirish xonasiga kirib, futbolchilarga qattiq ohangda gapirgan, Ramosni mag‘lubiyatda asosiy aybdor qilgan, futbolchi esa o‘shanda Peresning klubdan haydab yuborish tahdidiga shunday javob bergandi: «Men bilan hisob-kitob qil, men ketaman».
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Ramos Peres bilan ancha vaqtdan buyon gaplashmayapti.
33 yoshli futbolchi «Real» yozda uni xizmatlari evaziga tekinga qo‘yib yuborishini istamoqda.
Ramosda Yevropa klublaridan ham, Xitoydagi klubdan ham takliflar bor. Ammo «Real» futbolchisini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas va uning transferidan yaxshigina pul ishlab olmoqchi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
O‘zbekiston aholisi oziq-ovqatga daromadining 1/3 qismini sarflamoqda – tahlil
Iqtisodiyot | 17:58 / 01.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zoxran Mamdaniy: Nyu-York meri lavozimidagi ilk musulmon
Jahon | 08:22
-
Avstriyada ehtimoliy rossiyalik josus fosh etildi
Jahon | 08:00
-
Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga yetib bordi: S5+1 sammiti va AQSh prezidenti bilan uchrashuv rejalashtirilgan
O‘zbekiston | 07:37
-
Mega-ko‘priklar reytingi: rekordchi uchlik va Fahd dambasi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid
23:54 / 30.09.2025
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025