Adliya vazirligida Özbekistonga xizmat taşrifi bilan kelgan Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) ekspertlari Fuat Kanan va Bilol Ozden hamda TIKAning mamlakatdagi vakolatxonasi rahbari Ali Isxan Çaglar bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida Turkiyadan ekspertlar TIKA bilan Adliya vazirligi örtasida hamkorlikni rivojlantiriş, xususan, Özbekiston qonunçiligini takomillaştiriş va kodifikatsiyalaş, Turkiyadagi tadbirkorlarni Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, investitsion muhitni yaxşilaş, özbek tilida jahon yuridik va ilmiy-amaliy adabiyotlarni va boşqa sohalarni naşr etişga qaratilganligi haqida ma'lumot berişni taklif qildi.
Özbekiston tomoni qonun ijodkorligi sohasida Turkiya tajribasini örganiş, qonunçilik hujjatlarining ta'sirini baholaş, quriliş faoliyatini huquqiy tartibga soliş hamda TIKA tomonidan Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi loyihasini işlab çiqişda kömaklaşişdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TIKA örtasida hamkorlik dasturini işlab çiqiş hamda amalga oşirişga kelişib oldilar.









