Ötgan hafta Qatarning «As-Sadd» jamoasida futbolçilik faoliyatiga yakun yasagan Xavi uşbu klub boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan.

39 yoşli sobiq yarimhimoyaçining Doha şahri klubi bilan şartnomasi ikki yilga möljallangan.

Xavi 2015 yil may oyida «As-Sadd» bilan uç yillik şartnoma imzolagan edi. Bu vaqt mobaynida Qatar çempioni böldi, mamlakat kubogi va amiri kubogi, şuningdek Şayx Jassim kubogini qölga kiritdi.

Ispaniyalik sobiq xavbek bunga qadar 17 yil davomida «Barselona»da öynab, klub uçun rekord darajada köp – jami 769ta öyinda maydonga tuşgan.

Avvalroq Xavi murabbiy sifatida tajriba töplab, söng «Barsa»ga qaytişni istaşi haqida aytgan edi.

«Tajriba orttiriş maqsadida murabbiylik faoliyatimni Qatarda boşlamoqçiman. Keyin Yevropaga qaytiş istagidaman. «Barselona»da ham işlayman, deb umid qilaman, lekin hozirça buning uçun tajribam yetarli emas. Öz maqsadlarimga bosqiçma bosqiç erişa borişim kerak.

Qöl ostimdagi jamoalarim ijrosida qanday futbol köriş borasida menda turli xil ğoyalar talaygina. Menga doimo «Barselona»ning öyin uslubi, öyinni nazorat qilişi yoqqan. Murabbiylik faoliyatimda şu yönalişda ketmoqçiman», – degandi u.