Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq sözi online” tomonidan e'lon qilindi.
Qonun bilan Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
111-modda (Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş):
birinçi qismi (Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş ularning ölimiga yoxud mayib bölişiga olib kelsa, xuddi şuningdek hayvonlarni qiynaş) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş ularning ölimiga yoxud mayib bölişiga olib kelsa, xuddi şuningdek hayvonlarni qiynaş, –
eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi»;
quyidagi mazmundagi ikkinçi qism bilan töldirildi:
«Xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa yoxud uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik voyaga yetmagan şaxs hozirligida sodir etilgan bölsa, –
eng kam iş haqining uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi».












