Heç öylab körganmisiz, muvaffaqiyatli kişilarga yuqori samarali bölişlarida nima yordam beradi? Bunday ğaroyib ma'lumot töğri yönaliş va rağbat olişingizga hissa qöşadi.

Ular işning har bir soatini emas, daqiqasini rejalaştiradilar. Köpçiligimiz iş jadvalini soatlar böyiça rejalaştiramiz. Muvaffaqiyatli kişilar esa bir kunda 1440 daqiqalari borligi va undan samarali foydalanişlari kerakligini bilişadi.
Ular bir vazifaga bir marta e'tibor qaratib, unga 2-3 soatni bağişlaydilar.
Ular işlar röyxatidan foydalanişmaydi. Agar bajarişingiz ehtimoli oz bölsa, işlar röyxatini tuzmang. Tugallanmagan işlar zöriqiş va uyqusizlikni çaqiradi.
Ular vaqtga mos ravişda sayohat qilişadi. Biz esa vaqtga qarama-qarşi tarzda harakatlanamiz.
Biroq muvaffaqiyatli kişilar kelajakda foyda keltirişi uçun hozir nima qilişlari kerakligiga oydinlik kiritişadi. Kelajakda qanday xatolar qilişingiz mumkinligini öylab köring va keyinçalik yuz beradigan kamçiliklarning oldini oliş uçun bugun ular ustida işlang.
Ular har bir ma'lumotni yozib borişadi. Yoningizda doim daftarça va ruçka olib yuring. Bu biznes maktablarda örgatilmaydigan qimmatbaho ğoya.
Ular elektron poçtani kuniga bir neça marta tekşiradilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizga keladigan xabarlar – işdagi eng katta tanaffuslar. Muvaffaqiyatli kişilar xabarnoma ovozini eşitganda telefonni blokdan çiqarib, uni tekşirişmaydi.
Barça samarasiz narsalarga «yöq» deyişadi. Bir kuni Uorren Baffet aytgan edi: «Muvaffaqiyatli va juda muvaffaqiyatli kişilar örtasidagi farq şundaki, juda muvaffaqiyatli kişilar deyarli hammaga «yöq» deyişadi».
Ular 80/20 qoidasidan foydalanişadi. Deyarli har bir muvaffaqiyatli kişi ana şu tamoyilni qöllaydi. Bu tamoyil 20 foiz harakatlar 80 foiz natijani berişini anglatadi. Muvaffaqiyatli 20 foizli muhim vazifalar uçun işlab, qolganlariga e'tibor berişmaydi.






