Faoliyati mobaynida ma'lum yutuqlarga erişgan ziyoli ham tadbirkor hamyurtlarimiz, «Intellekt» loyihasi doirasida, öz hayotiy tajribaci va fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşadi; yoşlarga öz tavsiyalarini berib boradi.
Loyihaning ilk mehmoni – taniqli tadbirkor Hikmat Abdurahmonov böldi. Özbek–Xitoy savdo uyi va «Ground Zero» kovorking-markazlari asosçisi, «Team» universiteti ta'sisçilaridan biri bilan suhbatimiz asosan oliy ta'lim, ijtimoiy tadbirkorlik va oila mavzularida keçdi.
Suhbatni tomoşa qiliş asnosida bir neça yutuqlardan birini ham qölga kiritişingiz mumkin. Bu haqda maqola söngida batafsil töxtalib ötamiz.
«Keyin tuşundimki, biz dunyo universitetlaridan ança orqada qolgan ekanmiz»
— 16 yoşda Diplomatiya universitetiga, xalqaro iqtisodiyot yönalişiga öqişga kirganman. U yerda: «Sizlar oddiy bir universitet talabasi emassizlar, sizlarga dars beradigan odamlar – vazirlik, katta idoralar rahbarlari, közga köringan insonlar. Ular bilim beriş bilan birga, sizlarni ilhomlantiradi ham. Demak, sizlar ham jamiyatdagi özgarişlarga öz hissanglarni qöşişinglar kerak», degan lozung ostida bölganmiz.
Bu lozung meni juda ham ruhlantirardi. Lekin keyinçalik, öqişni tamomlab davlat işiga kirganimda, unda özimni topa olmadim. Davlat taşkilotlarida, xususan öşa paytdagi Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi qoşida ma'lum vaqt işlab, tajriba orttirdim, lekin baribir qoniqmadim. Baribir sezdimki, davlat işi – salohiyatimni oşiradigan faoliyat emas ekan.

Şundan keyin Özbek-yapon markazida öqidim. Unga ham mana, 15 yil bölibdi. Bilasiz, yaponça uslubdagi menejment juda ham maşhur. Şu yönalişda yarim yillik ekspress-MBA'da öqiganman. Şu yerda öqib, biznes töğrisidagi bilimim juda kamligini yaqqol sezganman.
Vaholanki, bungaça menda ilk tadbirkorlik tajribalari bor edi. 20 yoşimda kiçik loyihalar qilib yurardim: kompyuter, quriliş materiallari, maşina ham sotib körganman. Xullas, qandaydir yöl bilan özimga moddiy fundament qurişga harakat qilganman. Çunki sir emas, u payt davlat işida işlasangiz, daromadingiz hatto yoqilği xarajatlariga ham yetmasdi.
Yapon markazida öqib, biznes asoslari bilan tanişgaç, biznes töğrisida olgan bilimim juda ham kamligini yaqqol tuşunib yetganman. Bu bilimim bilan faqat kiçik savdo-sotiq bilangina şuğullanişim mumkinligi, haqiqiy va kattaroq loyiha qilaman desam, yana köproq örganişim kerakligini öşanda sezganman.









