“Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Öqituvçilar va öquvçilar moddiy şaroitini yaxşilaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 1997 yil 20 avgustdagi 409-son qarorida 1-sinf öquvçilari va kasalligi tufayli uyida yakka tartibda ta'lim oladigan öquvçilarni öquv qurollari hamda kam ta'minlangan oilalarga mansub öquvçilarni qişki kiyim-boş töplamlari bilan ta'minlaş, şuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yönaltirilgan tarzda qöllab-quvvatlaşning 2002-2003 yillarga möljallangan dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2002 yil 25 yanvardagi 33-son qarorida yuqori sinflarning kam ta'minlangan oilalarga mansub öquvçilari ham bepul qişki kiyim-boş töplami bilan ta'minlaş belgilangan.
Kam ta'minlangan oilalarga mansub öquvçilar uçun ötgan yillarda xarid qilingan qişki kiyim-boş töplamlari (palto yoki kurtka, etik, telpak va qölqop) maktab öquvçilarining orasida taşqi körinişi, dizayn jihatidan sezilarli farqi borligi va buning natijasida voyaga yetmaganlar örtasida ijtimoiy tabaqalaniş körinib qolayotganligi sababli ba'zi ota-onalar tomonidan uşbu kiyim-boşlarni olişdan boş tortiş holatlari uçramoqda.
Şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlaş çora-tadbirlar töğrisida”gi 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga muvofiq, 2019/2020 öquv yilidan boşlab respublikamizning barça davlat umumta'lim maktablarida yagona maktab formasi tatbiq etilişi lozim. Uşbu maktab formasi böyiça yagona talablar tasdiqlanganligi uçun öquvçilar örtasida kiyim-boşga qarab ijtimoiy tabaqalanişning oldi olinadi.
Biroq köp bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar tomonidan mazkur maktab formasini yangi öquv yiliga tayyorgarlik davrida maktablarda ta'lim oluvçi bir neça farzandlariga bir vaqtda xarid qiliş moddiy qiyinçiliklar keltirib çiqarişi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, köp bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida kam ta'minlangan oilalarga mansub öquvçilar uçun xarid qilinadigan qişki issiq kiyim-boş töplamlariga ajratiladigan budjet mablağlari hisobiga şu toifadagi öquvçilar uçun tasdiqlangan standartlarga mos maktab formasi töplami bilan ta'minlaş taklif etilmoqda.












