Olimlar daryo suvlarining antibiotiklar bilan yuqori darajada ifloslanganini aniqlaşdi. Bu esa butun dunyo böylab odamlarning ommaviy halokatiga sabab bölişi mumkin. Bu haqda Independent naşri xabar berdi.
Tadqiqotçilar 72 ta davlat hududidan oqib ötuvçi daryolar suvlarini tekşirişgan. Aniqlanişiça, 65 ta davlatdagi daryolar suvlarida 14 ta eng ommaviy antibiotik izlari aniqlangan.
Antibiotiklar eng köp miqdorda Osiyo va Afrika daryolarida aniqlangan. Xususan, Bangladeşdagi daryolarda dorilar miqdori mumkin bölgan darajadan 300 marta köproqni taşkil qilgan.
Olimlarning ta'kidlaşiça, dorilar qoldiqlari daryolarga kanalizatsiya çiqindilari bilan birga tuşadi. Bu esa mikroorganizmlarning antibiotiklarning doimiy ta'siri ostida “superbakteriyalar”ga mutatsiya qilişiga, uşbu “superbakteriyalar” esa öz navbatida 2050 yilga qadar millionlab odamlarning halokatiga olib kelişi mumkin.












