Boks böyiça Özbekiston va Kuba terma jamoalari qöşma öquv-maşğulot yiğinini taşkil etişi mumkin. Özbekiston boks federatsiyasi Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Rustam Şoabdurahmonovga şunday taklif bilan çiqqan.
«Menga boks federatsiyasidan Kuba terma jamoasi bilan qöşma öquv-maşğulot yiğinini ötkaziş böyiça taklif bildirişdi. Buni tegişli taşkilotlar bilan maslahatlaşib hal qilamiz, kerakli şaroitlarni, albatta, yaratib beramiz.
Qaçongaça sportçilarimiz bir-birlariga qarşi sparring raqib bölişadi? Marhamat, har bir federatsiya mana şunday qiziqarli va yaxşi takliflar bilan çiqişsin. Milliy olimpiya qömitasi sizlar uçun faoliyat olib boradi axir», – degan Şoabdurahmonovning sözlarini keltirdi qömita matbuot xizmati.

MOQ rahbari bu haqda bugun, 30 may kuni Özbekiston taekvondo assotsiatsiyasida bölib ötgan yiğilişda gapirib ötgan.
Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yuzasidan ötkazilgan majlisda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakillari, MOQ mutasaddilari, barça federatsiya va assotsiatsiyalar mas'ul rahbarlari qatnaşgan.

Ma'lum qilinişiça, Rustam Şoabdurahmonov bunga qadar 10 kun davomida barça sport turlari böyiça federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyati bilan yaqindan tanişib çiqqan. Sport bazalari va u yerdagi şaroitlarni bevosita borib körgan. Bugungi yiğilişda aynan mazkur tekşiruv hulosalariga bağişlangan.
«Mana, barça federatsiyalarning öquv-maşğulot bazalariga taşrif buyurib, sportçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişib çiqdik. Ahvol ijobiy emas. Töğri, bir qator federatsiyalarimiz borki, ularda terma jamoamiz a'zolari uçun juda ham yaxşi şaroitlar yaratib berilgan. Lekin köp joylarda hatto sportçilarning yaşaşi uçun elementar şaroit yöq.
Hukumatimizga rahmat, bizdan kerakli moddiy yordamini ayamayapti. Biz esa öz navbatida fursatni boy bermay, zudlik bilan barça şaroitlarni yaxşilab olişimiz zarur» – degan MOQ prezidenti.

Yiğiliş davomida uzluksiz öquv-maşğulot yiğinlarini köproq taşkil qiliş, ularning sifatiga e'tibor qaratiş, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlaş borasidagi masalalar böyiça mutassadilarga tegişli körsatmalar berilgan. Öz navbatida federatsiya mas'ullari ham jahon standartlaridan kelib çiqqan holda öz taklif va mulohazalarini bildirib ötişgan.








