Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev aholi murojaatlari asosida sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahri Davlat xizmatlari markazining yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunda Ohangaron shahrida 37 mingdan ortiq aholi yashaydi. Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga 100 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Barcha sohalar rivojlangani sari xalqimizning davlat xizmatlariga ehtiyoji va talabi ortib bormoqda. Xususan, 2018 yil davomida markaz tomonidan jami 7 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 6 mingdan ortdi.
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida binoda bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, kutubxona, oshxona, investorlar uchun maxsus xonalar hamda bepul Wi-Fi tashkil etilgan.
Davlat rahbarining 2019 yil 14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ushbu markazda Bosh vazir qabulxonasi tashkil etildi.

Prezident aholi ko‘p murojaat qilayotgan masalalarni o‘rganib, shunga taalluqli sharoitlarni yaxshilash, talab etiladigan hujjatlarni kamaytirib borish zarurligini ta'kidladi. Davlat xizmatlari markazi tizimidan foydalangan holda mahalla idoralarida ham hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi, deyiladi xabarda.


Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026