Agar siz bor kuçingiz bilan harakat qilib ham kutilgan natijaga erişa olmayotgan bölsangiz, balki buning quyidagi sabab va yeçimlarini körib çiqadigan vaqt kelgandir?

1. Siz yangi tanişlar orttirmaysiz  
Eski döstlar bilan muloqotda böliş oson. Siz bir-biringizni ançadan beri bilasiz, umumiy xotiralaringiz, qiziqarli voqealar va hazillar yetarli. Muammo şundaki, siz eski mavzularni muhokama qilaverib, ötmiş bilan «tölib» qolgansiz. Bu esa sizning yangilik egallaşingizga xalaqit beryapti.  

Yangi odamlar bilan tanişiş  qiyinçilik tuğdirsa, işni osonroğidan boşlang. Haftada bir marta notaniş odam bilan suhbat qurişga harakat qiling. Asta-sekin bu odatiy tusga aylanadi va siz muloqotda erkinroq bölib borasiz.

2. Siz özgarişlardan qoçasiz 
Agar sizni örab turgan muhit har kuni bir xillikdan iborat bölsa, marralarga erişiş qiyinlaşib boradi. Özgarişlar esa yangi imkoniyatlar va istiqbol kalitidir. Şu sababli ulardan qoçiş örniga, foyda olişga harakat qiling. Yangiliklarni erkin kutib oluvçi va qiziquvçan böling.

3. Siz tavakkal qilişdan qörqasiz
Aqlli odamlarning köp qismi özlarining qulay muhitlaridan çiqişga qörqişadi, axir u yerda hamma narsa taniş va xavfsiz. Boşqalar yurib tekislagan yöllarda yurişni va atrofdagilar uçun köproq maşhur kasbni tanlaşni ma'qul körişadi. Natijada aksariyat kişilar özlari şuğullanayotgan işdan zavq olmasliklarini tan olişadi. Ular özlari doimo orzu qilgan maşğulotni egallaşga qörqişadi.

Agar siz şubhalanayotgan va nima qilişga ikkilanayotgan bölsangiz, bu iş sizning kelajagingizga qanday ta'sir körsatişini tasavvur qiling. Xatoyingizdan puşaymon bölmaysizmi? 

4. Siz ötmişdagi muvaffaqiyatlaringizga işonasiz
Aksariyat odamlar kutilgan natijaga erişiş kaliti aql, oltin medal yoki qizil diplomdan iborat deb öylaşadi. Baxtga qarşi, har doim ham bunday emas.
Aslida natija nafaqat siz zör bergan ilovalarga balki strategik tafakkur va qançalik ğaroyib bölmasin omadga ham boğliq.

5. Siz tanlay olmaysiz
Birinçi jiddiy sinovdan ötiş uçun sabrli böliş lozim. Oramizdagi köpçilik ma'lum bir işga kirişişadi, qiyinçilikka duç kelişadi, taslim bölişadi va boşqa yumuşga ötib ketişadi.

Barça deboçalar malaka, vaqt va kuçni talab qiladi. Ularni behuda narsalarga sarflamang. Aynan hozir eng muhim bölgan vazifaga diqqatingizni jamlang.