Xorvatiyalik Frane Selak dunyodagi eng omadli odam deb nom olgan. U ötirgan poyezd ağdarilgan, u ketayotgan maşina halokatga uçragan. Selak parvoz qilayotgan samolyotdan tuşib ketgan. Uni maşina urib yuborgan. Biroq Selak har gal omon qolgan. Kimlardir u boşidan ötkazgan hodisalarni töqima deydi. Boşqalar esa işonadi. Nima bölganda ham bu şaxs eng omadli inson nomini olgan.
Bu dunyoda insonlar omad deb ataydigan hodisalar tez-tez sodir böladi. Bunday kişini xursand qiluvçi işlar kimlardadir doim takrorlanib turadi. Xorvatiyalik Frane Selak ana şunday insonlardan biri hisoblanadi.
1960 yillardan 1980 yillargaça bu inson juda köp marta baxtsiz hodisalarga duç keladi va har gal omon qoladi. Şu sababli ham uni “Dunyodagi eng omadli şaxs” deb ataşadi.
1929 yilda tuğilgan Frane Selak uzoq yillar davomida musiqa öqituvçisi bölib işlagan. Bu inson juda köp marta ölimdan qolgani haqida hikoyalar mavjud. Kimlardir ularni töqima deydi, boşqalar esa işonadi.

Vikipediyada Frane Selak haqida 19 ta tilda ma’lumot borligi e’tiborga olinsa, u öz hikoyalarini töqigan bölsa ham ança maşhur inson. Quyida Frane boşdan keçirgan turli köngilsiz hodisalar va halokatlar haqida gaplaşamiz.
Birinçi hodisa
1962 yilda Frane Selak Bosniya poytaxti Sarayevo şahridan Xorvatiyaning Dubrovnik şahriga boriş uçun poyezdga ötiradi. Poyezd tor dara içidan ketib borayotib, köpriklarning biriga kelganda relsdan çiqib ketadi va daryoga qulaydi. Öşanda ança odam halok böladi.

Franening aytişiça, öşanda uni noma’lum odam qutqarib, suvdan olib çiqqan. U bilan birga ketayotgan 17 kişi çökib, halok bölgan. Franening qöli singan xolos.
Ikkinçi hodisa
1963 yilda Frane Xorvatiya poytaxti Zagreb şahridan Adriatika dengizi böyida joylaşgan Riyeka şahriga boriş uçun Douglas DC-8 samolyotiga çiqadi.
Parvoz paytida samolyotning eşigi qöqqisdan oçilib ketadi va uning yaqinida ötirgan Frane pastga qulaydi. U qulagandan söng samolyot halokatga uçrab, 19 kişi halok böladi.
Frane esa tepadan piçan ğarami ustiga tuşadi va tirik qoladi. Öşanda hatto uning heç qayeri sinmaydi. Bir neça joyi tirnaladi xolos.

Keyinçalik Frane öşanda samolyotdan özi bilan birga styuardessalardan biri ham qulab tuşib, daraxt şoxiga ilinib qolganini va qizni qutqarganini aytib bergan.
Köpçilik bu hikoyaga umuman işonmaydi. Çunki 1963 yilda Riyeka şahrida aeroport umuman bölmagan va bu şaharga samolyotlar uçmagan. Riyekadagi aeroport 1970 yilda qurilgan.
Uçinçi hodisa
1966 yilda Frane Xorvatiya janubidagi Split şahriga boriş uçun avtobusga ötiradi. Avtobus daryo yoqasidagi yöl böylab ketayotganda pastga qulaydi.
Öşanda 4 kişi halok böladi. Frane esa amallab qirğoqqa çiqib oladi.

Törtinçi hodisa
1970 yilda Frane bilan navbatdagi köngilsiz hodisa sodir böladi. U şosselarning birida ketayotganida maşinasida yonğin kelib çiqadi.
Frane darhol maşinani töxtatib, özini pastga otadi va undan uzoqlaşadi. Şu paytda olov maşinaning yoqilği siğimiga yetib boradi va u portlaydi. Öşanda Frane bir neça soniya keçikkanda portlab ketişi ham mumkin edi.
Beşinçi hodisa
1973 yilda Frane yana avtomobil bilan boğliq hodisaga duç keladi. Öşanda yoqilği siğimiga quyilgan sifatsiz benzin tufayli yoqilği nasosi portlaydi.
Şunda yoqilği siğimidan kelayotgan benzin dvigatel atrofiga soçiladi va kuçli yonğin sodir böladi.
Olov ventilyatsiya teşiklaridan maşina salonigaça kirib keladi va Franening soçlari butunlay kuyib ketadi. Öşanda u boşqa jarohat olmagan.
Oltinçi hodisa
1995 yilda Zagreb köçalarining birida Franeni avtobus urib yuboradi. Öşanda yana omadi kelgan xorvat yengil jarohat oladi xolos.
Yettinçi hodisa

1996 yilda Frane “Şkoda” maşinasi bilan toğning tor yölida ketayotganida buriliş joyida röparasidan BMTga tegişli yuk maşinasi kelayotganini köradi.
U muqarrar töqnaşuvdan qoçiş maqsadida maşina çambaragini burib yuboradi. “Şkoda” yöl çetidan çiqib, jarlikka qarab ketadi.
Frane sönggi soniyalarda maşinadan sakraydi va jarlik çetidagi daraxtga osilib qoladi. Maşina 90 metr çuqurlikka tuşib parçalanib ketadi va yoqilği siğimi portlaydi.
Öşa voqeadan keyin Frane Selak boşqa köngilsiz hodisalarga va halokatlarga duç kelmaydi.
Frane Selak yuqoridagi hodisalarni atrofidagilarga köp marta hikoya qilib bergan, biroq heç kim ularga işonmasdi.
Biroq 2002 yilda sodir bölgan bir hodisadan söng hamma Franega işona boşlaydi. U omma orasida maşhur insonga aylanadi. Undan intervyu oliş uçun mahalliy va xorijiy telekanallar muxbirlari kelişadi.
Million dollar yutuq
2002 yilda 73 yoşga tölganidan uç kun ötib, Frane Selak lotereyadan 900 ming yevro (öşa paytdagi kurs böyiça 1,1 mln dollar) yutib oladi.

U yutuqni olgaç öziga ikkita uy va qayiq sotib oladi. 2010 yilda u qolgan pulning asosiy qismini qarindoşlari va döstlariga tarqatadi. Yana bir qismini xayriya qiladi. Söng xotini bilan kamtarona hayot keçiradi. Frane 2016 yilda 87 yoşida vafot etgan.
Frane Selakning bironta hikoyasini tasdiqlaşning imkoni bölmagan. Ular çindan sodir bölganmi yöqmi aniq ham emas. Biroq u ana şu hikoyalari bilan maşhur bölgan.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.











