Professional boksning öta oğir (+90,7 kg) vazn toifasida törtta yönaliş — WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi, britaniyalik Entoni Joşua (22-1, 21 KO) kutilmaganda kamarlar uçun da'vogar Endi Ruisga (33-1, 22 KO) imkoniyatni boy berib qöydi.

U Nyu-Yorkdagi «Medison skver garden» arenasida ötgan 12 raundlik jangi meksikalik boksçiga 7-raundda texnik nokaut bilan mağlub böldi.

Jangning uçinçi raundida avvaliga Endi Ruis nokdaunga uçradi, ammo şu raundning özida Ruisning ketma-ket zarbalaridan söng Joşuaning özi ham ikki marta nokdaun holatiga tuşdi.

7-raundga kelib Endi yana faollaşdi va yana ikki marta britaniyalik çempionni yerga qulatişga muvaffaq böldi. Törtinçi nokdaundan söng referi Joşuadan bir neça marta jangni davom ettira oliş-olmasligini söradi, ammo Entonidan aniq javob bölmagaç, hakam jangni töxtatdi va 7-raundning 1:27 soniyasi ötib borayotganda texnik nokautni qayd etdi.

Natijada Endi Ruis kutilmagan ğalaba evaziga bir yöla törtta çempionlik kamarini öziniki qilib oldi.

Uşbu jang britaniyalikning 2018 yil sentyabrda rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarşi ğalabali jangidan keyin birinçisi böldi. 

Joşua dastavval amerikalik Jarell Miller bilan jang qilişi kerak edi, biroq u doping-sinovdan öta olmay, jangdan çetlatilgandi. 1 may kuni uning örniga Ruis jang qilişi ma'lum bölgan. 

Şuningdek, Joşua birinçi marta AQŞda jang ötkazdi.