Turkiya – Özbekiston öyinidan söng har ikki jamoa boş murabbiylari iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda qatnaşgan Ektor Kuper jurnalistlarning savollariga javob berdi.

«Turkiya milliy jamoasi kuçli ekanini bilardik. Lekin biz har qanday holatda hato qilmasligimiz kerak edi. Qanot himoyaçisi ikkita gol urib ketdi.

Biz yangi futbolçilarni sinayapmiz. Bugun pressingni yorib ötişga qiynaldik. Biz ilk marta bunday kuçli pressingga qarşi öynadik. Men bugungi natija yomon bölsa-da, öyindan qoniqdim desam böladi. Quvondiq ham yaxşi öynadi, u öz qanotidan ötişlarni amalga oşirdi. Biz pressing tugaşini sabr bilan kutişimiz kerak edi, lekin şoşdik»,- deb Kuperning sözlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.