Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida Toshkent viloyatiga qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratiladi
«Har bir oila - tadbirkor» dasturi bo‘yicha Toshkent viloyati aholisiga 350 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident Toshkent viloyati Nurafshon shahrida viloyati faollar, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokidagi yig‘ilish vaqtida ma'lum qildi.
«Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda yana 100 milliard so‘m ajratish chorasini ko‘rsin», - deya prezident so‘zlarini keltirmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Shuningdek, davlat rahbari har bir hokimga yil yakuniga qadar kam ta'minlangan oilalar sonini keskin kamaytirish, buning uchun mavjud imkoniyatdan samarali foydalanish lozimligi bo‘yicha topshiriq berildi.
«Farg‘onada 4 million aholi yashaydi. Toshkent viloyatida 3 million. Farg‘onadan qancha taklif kelayapti. Bu yerda birorta hokim chiqmadi: Bizga yana 3 milliard so‘m kredit ajrating, deb» - degan davlat rahbari.
Bundan avvalroq Toshkent viloyatiga maktablar qurilishi uchun 200 milliard so‘m, sog‘liqni saqlash sohasi uchun 100 milliard so‘m va yo‘llar qurilishi uchun 100 milliard so‘m ajratilishi, bu mablag‘larning 170 milliard so‘mlik qismi bugunning o‘zida o‘tkazilib, ishlar bugunoq boshlanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
12:30 / 25.06.2026