Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joriy hafta Dubay hukmdori Ol Maktumning uch o‘g‘li nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi
Dubay hukmdori Ol Maktumning uch o‘g‘li nikoh to‘yiga tayyorgarlik boshlab yuborildi
Dubayning Zabil tumanidagi saroy va uning atrofi Dubay hukmdori, BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri Muhammad bin Rashid Ol Maktumning uch o‘g‘lining nikoh to‘yi munosabati bilan shohona bezatila boshlandi.
BAAdagi urf-odatlarga ko‘ra, kelinning uyi ko‘cha eshigidan boshlab orqa hovlisigacha chiroqlar bilan bezaladi. Shu tariqa barcha o‘tkinchi odamlar yaqin orada bu uyda to‘y bo‘lishidan xabardor bo‘ladi.
Minglab mehmonlar, Fors ko‘rfazi davlatlarining podshohlari oilalari a'zolari taklif qilingan ushbu to‘y 6 iyunda Dubay xalqaro savdo markazi pavilonlarida bo‘lib o‘tadi. To‘yga faqat erkaklar taklif etiladi. Ayollar uchun to‘y tantanalari keyinroq o‘tkaziladi. Uning sanasi ma'lum qilinmagan.
15 may kuni Ol Maktumning uch o‘g‘li – Xamdan, Said va Ahmad bin Muhammad Ol Maktum nikoh qurgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026