Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bolalar hayoti sifati reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?
O‘zbekistondagi bolalar hayoti sifati 98 pog‘onaga yaxshilandi. Save The Children xalqaro jamg‘armasi tomonidan tayyorlangan «Bolalik qachon tugaydi - 2019» (End of Childhood Index) reytingida mamlakat 72-o‘rinni egalladi.
Dunyo mamlakatlari reytingda 1 balldan 1000 balgacha bo‘lgan darajada baholandi. Mualliflar bolalikning erta tugashiga olib keladigan omillarni hisobga oladi - masalan, bolalar o‘limi, voyaga yetmagan shaxslar nikohi, bolalar mehnati va erta homiladorlik.
Birinchi o‘rinni Singapur egalladi. Shuningdek, ilk o‘nlikdan Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Sloveniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Janubiy Koreya va Belgiya joy oldi.
MDHning boshqa davlatlari orasida Qozog‘iston 40-o‘rinda, Ukraina - 42, Tojikiston - 90, Turkmaniston - 67, Qirg‘iziston - 94 va Rossiya 38-o‘rinda qayd etildi.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026