Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish organlari tergov tadbirlarini olib bormoqda va marhumning qarindoshlari O‘zbekiston fuqarosining jasadini Samarqand shahrida dafn etish maqsadida jo‘natish uchun hujjatlarni tayyorlashmoqda.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va zarurat tug‘ilganda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhum O‘zbekiston fuqarosining oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib turgan vatandoshlarga zarurat tug‘ilgan holatlarda Madrid shahridagi mamlakat elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qildi: +34-91-310-16-39.











