Portugaliya milliy jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu JÇ-2026 guruh bosqiçi 2-turida Özbekiston bilan öyinda hisobni oçdi va köp ötmay dubl qayd etdi (xabar yozilgan vaqtda öyin davom etmoqda).

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi futbolçisi 6-daqiqada Joau Kanseluning, 39-daqiqada esa Bruno Fernandeşning uzatmasidan gol urdi. Bu Ronaldu uçun uşbu jahon çempionatidagi ilk gollardir.

Şunday qilib, Kriştianu özi iştirok etgan 6 ta jahon çempionatining har birida gol urdi va tarixdagi birinçi şunday futbolçiga aylandi. Messi Argentina milliy jamoasi safida 5 ta mundialda gol urgan.

Kriştianu Ronalduning jahon çempionatlaridagi barça gollari:

  • 2006 (Germaniya): 1 gol

  • 2010 (JAR): 1 gol

  • 2014 (Braziliya): 1 gol

  • 2018 (Rossiya): 4 gol

  • 2022 (Qatar): 1 gol

  • 2026 (Kanada/Meksika/AQŞ): hozirça 2 gol