Har yili minglab vatandoşlarimiz rizqini teriş uçun Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, BAA, Janubiy Koreya va boşqa davlatlarga yöl olişadi. Ayrimlar oilasi bilan, köpçilik esa oilasini vatanda qoldirib rözğor tebratiş uçun uzoq yurtga otlanişadi. Quyida özbeklar Janubiy Koreyada qanday işlar bilan band, u yerdagi iş turlari, maoşlar, muhojirlarning yaşaş tarzi, oziq-ovqati va boşqalar töğrisida hikoya qilamiz.

Koreys diyorining minglab vatandoşlarimiz işlayotgan Jinju, Kimhe va boşqa şaharlarida böldik. U yerlarda özbekistonlik muhojirlar asosan issiqxonalarda, zavodlarda, qurilişda mehnat qilişadi, ayollar esa Koreyada keng tarqalgan kosmetika dökonlarida, uy tozalaş işlarida, özbek tadbirkorlari oçgan dökonlar va oşxonalarda işlaşar ekan.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Avvaliga Jinju şahrida joylaşgan guruç qadoqlanuvçi zavodda böldik. U yerda Andijon viloyatidan kelgan hamyurtlarimiz mehnat qilişayotgan ekan. Xitoydan kelgan guruçlar texnika yordamida qoplarga teng taqsimlanadi. Buni işçilar nazorat qilişadi. Tayyor bölgan qoplarni öşa yerda örnatilgan robot-apparatlar maxsus joyga taxlab boradi. Taxlangan qoplar maxsus qurilmalar orqali yuk maşinalariga joylanadi va kerakli manzillarga jönatiladi.

Bir qaraşda yengil köringan bu işning öziga yaraşa qiyin tomonlari köp. Xitoydan haftasiga tonnalab guruç keladi. Ularni vaqti-vaqti bilan yuk maşinalaridan tuşiriş çoğida çang içida işlaşga töğri keladi.

Asaka şahridan kelgan Davlatbek va Muslimbek zavoddagi mehnat faoliyati haqida gapirib berişdi. Davlatbek Özbekistondaligida maktabdan söng kasb-hunar kollejiga öqişga kirgan. U yerni tamomlagaç, tayinli iş topa olmagaç, Koreyaga yöl olişga majbur bölgan. Muslimbekda ham şunga öxşaş vaziyat. Ikkisi ham Jinjuga imtihonlardan muvaffaqiyatli ötib, mehnat şartnomasi asosida kelişgan.

Ular guruç qadoqlaş zavodida bir yildan beri mehnat qilib kelişmoqda. Koreyada işlaşning öziga yaraşa qiyinçiliklari bor. Ba'zan keçasi bilan işlaşga ham töğri keladi. Odatda zavodda ertalab soat 8:00dan keçki soat 5:00gaça iş vaqti bölib, şanba-yakşanba kunlari dam olinadi. Tayyor bölgan mahsulotlar Koreyaning turli hududlariga tarqatiladi va hatto Afrika qit'asining ba'zi davlatlariga insoniy yordam sifatida ham yuboriladi. Mehnatga yaraşa yetarli miqdorda maoş beriladi. Koreyada yaşaş ehtiyojlari va boşqa xarajatlardan taşqari uyga yuboriş uçun taxminan 1500 AQŞ dollari atrofida pul ortadi. Ba'zan doimiy tarzda iş bölib tursa, bu miqdor 2000 AQŞ dollarini taşkil etişi ham mumkin.