Siz davlat idorasida işlasangiz va qonuniy huquqlaringiz buzilayapti, deb hisoblasangiz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga murojaat qilişingiz mumkin. Vazirlik, şikoyatni örganib çiqib, kerakli çoralarni qöllaşini bildirdi. Biroq, vazirlik rahbari Şerzod Qudbiyevga köra, şu kungaça vazirlikka davlat idorasi yoki xodimidan özlarining mehnat huquqi buzilayotganiga doir birorta şikoyat kelib tuşmagan.

Şerzod Qudbiyev Kun.uz muxbirining «davlat organlarida iş beruvçi va xizmatçi örtasidagi mehnat munosabatlari qaçon tartibga solinadi? Ya'ni, köp hollarda, biz bilan suhbatlaşgan davlat xizmatçilari işdan çarçaganlikdan, belgilangan me'yordan haddan ortiqça işlayotganlaridan nolişmoqda. Misol uçun deylik, hokimlarning ham dam olişga, şaxsiy hayoti bölişiga haqi bor», - degan savoliga quyidagiça javob berdi.
«Iş tartibi borasida mutlaqo haqsiz. Bilasizmi biz boşqa hamkasblar bilan ham bu masalani tartibga soliş böyiça...(fikr almaşamiz, muhokama qilamiz – tahr.). Butun dunyoda davlat organlari va davlat xizmatini muvofiqlaştiruvçi organ bor. Bizda ham davlat dasturi doirasida uning loyihasini işlab çiqiş belgilangan. Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun loyihasini işlab çiqib, Prezident administratsiyasiga topşirganmiz.
Davlat xizmatlari agentligi taşkil etilişi kerak. Bu agentlik davlat xizmatlarini muvofiqlaştiriş bilan şuğullanadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat xizmatini muvofiqlaştiruvçi organ emas. Biz bandlik va mehnat munosabatlarini muvofiqlaştiramiz. Mehnat munosabatlari deganda iş beruvçi va xodim örtasidagi munosabat tuşuniladi. Bizga qaçonki şu masalada iş beruvçi yoxud xodim tomonidan murojaat kelib tuşsagina e'tibor qaratamiz. Hozirça, vazirlikka birorta davlat organi yoki xodimlaridan “bizning huquqimiz poymol bölmoqda” degan murojaat kelib tuşmagan. Agar şikoyat kelib tuşsa va tasdiqlansa, öşa davlat organi rahbari qonunçilikda belgilangan tartibda jazoga tortiladi».
Şu örinda, vazirning «birorta murojaat tuşmadi», degan fikriga bir taklifni ilgari surişni maqsadga muvofiq va foydali deb öylayman. Aslida bu rivojlangan mamlakatlardagi mavjud amaliyot. Ya'ni iş beruvçi va xodimlar örtasidagi munosabatni aniqlaş, xodimlarning öz işlari va taşkilotdagi muhit va munosabatdan qoniqiş hosil qilayotgani yoki yöqligini biliş juda ham oson. Buning uçun şikoyat kelib tuşişini kutiş şart emas, nazarimda.
Davlat mehnat inspeksiyasi tanlangan davlat idorasida anonim tarzda sörov ötkazişi lozim va uning natijasi böyiça iş yuritişi, kerakli çoralarni körişi, davlat idorasi rahbariyatiga mehnat munosabatlarini qonunda belgilangan tartibga keltiriş xususida tuşuntirişlar berişi yoki lozim bölganda çoralar körişi yaxşi samara bergan bölar edi. Bundan taşqari, bu kabi sörovlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va innovatsion yeçimlardan foydalangan holda onlayn tarzda muntazam ötkazib turiş yaxşi natija beradi.













