Oliy Majlis Senati 7 aprel kuni “Şaharsozlik renovatsiyasi töğrisida”gi qonunni ma’qullagan edi. Unda renovatsiya loyihasiga köp kvartirali uy mulkdorlarining kamida 80 foizi rozilik berişi kerakligi körsatilgan. Biroq ötgan yili qabul qilingan prezident farmonida barça mulkdorlarning roziligi talab etilişi belgilab qöyilgan edi.
Urbanizatsiya milliy qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev 10 aprel kuni tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda nima uçun rozilik çegarasi 100 foizdan 80 foizga tuşirilganiga izoh berdi.
«Bitta ega muhimmi yoki 80 ta egami? Şu savolga özimiz ham javob beraylik-da. Mana bu yerda ötiribmiz, 80 foizimiz çiroyli, bahavo joyda yaşaşga rozimiz. Lekin 15−20 foizimiz norozi. Lekin bu ham 15−20 foiz bölmaydi. Mana, kadastrni tahlil qilyapmiz, 10 foizdan yuqori obektlar vaqtida rasmiylaştirilmagan mulklar yoki vafot etgan, meros huquqi qilinmagan yoki çet elda bölgan şaxslar. Ularga örtaça 10−13 foiz töğri kelyapti. 5−7 foizi qolyapti norozilar. 5−7 foizning fikri muhimmi yoki 80 foizning fikri muhimmi? Biz jamiyat sifatida şunga javob berişimiz kerak-da», — dedi u.
Qudbiyevning qöşimça qilişiça, renovatsiya töğrisidagi qonun loyihasi va tartibga soliş «qumdoni» doirasida renovatsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun uy-joy mulkdorlarining 80 foizining roziligi talab etiladigan norma joriy etilyapti. Ammo bu bu xususiy investorlarga taalluqli bölmaydi. Köçmas mulkni sotib oliş davlat investitsiya kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi.
«Faqat davlat, invest kompaniya sotib oladi va u 80 foizgaça hamma bilan kelişadi. Kvadrat metr nuqtayi nazaridan böldimi, son nuqtayi nazaridan böldimi, aniq esimda yöq hozir. Lekin 80 foizga kelişadi. Şundan keyin invest kompaniya qolgan 20 foizga aytadiki, men 80 foizi bilan kelişdim, kvadrat metr örtaça narxi şunça böldi. Menda endi sudga kiritiş vakolatim bor. Kel, kelişaylik, degan ma’noda. Ya’ni, mana, 80 foizning huquqi bor-da, ularning ham huquqini öylaylik. Mayli, bizda mulk huquqi degan tuşunça bor, lekin bir odam tufayli qolganlar azob çekmasligi kerak-ku, töğrimi?” dedi Urbanizatsiya milliy qömitasi raisi.











