Xorijiy mamlakatlarda mehnat qiliş maqsadida xususiy bandlik agentliklariga (XBA) murojaat qilayotgan fuqarolarning özlari ham firibgarlar yoki boşqa ğarazli kişilar tuzoğiga tuşib qolmaslik uçun huşyor va ehtiyot bölişlari lozim. Qolaversa, ular Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi litsenziyasiga ega bölgan firmalar bilan hamkorlik qilişi maqsadga muvofiq. Vazirlik rahbari Şerzod Qudbiyev Milliy matbuot markazida bölib ötgan tadbirda Kun.uz muxbiriga şularni ma'lum qildi. Savol esa quyidagiça bölgan edi:
Xususiy bandlik agentliklari haqida. Aksar firmalar şartnoma şartlarini bajarişni 4-8 oy sifatida belgilagan. Aytaylik, ğaraz niyatli kişi XBA oçib, ming kişidan katta miqdorda pul oldi. Xususan, Germaniyaga yuboriş ayrim agentliklarda 36 mln söm atrofida, şartnoma şartini bajariş muddati 4-8 oy orasida belgilangan. Agentlik rahbari yetti oy ötgaç, mablağlarni (1000*36000000=36 mlrd söm) olib xorijga çiqib ketdi. Bunda firibgarlik jinoyati sodir etilgan böladi va ijtimoiy muammo kelib çiqadi. Şu kabi holatlar röy bermasligi qançalik kafolatlangan?
«Xususiy bandlik agentliklari, firibgarlik jinoyatlari xususida. Bilasizmi, bu masalada juda köp deputatlarimiz bilan bahs-munozaralar bölgan. Birinçidan, fuqarolarning özlari ehtiyot bölişlari kerak. Ikkinçidan, faqatgina Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga ega taşkilot bilan hamkorlik qilişi lozim. Saytimizda qaysi agentliklar litsenziyaga egaligini bilib oliş mumkin.
Bundan taşqari, litsenziya berişdan avval 50 ming AQŞ dollari (50000 dollar*8485,91=424 mln 295 ming 500 söm) ekvivalentida mablağni markazlaştiramiz va uni saqlab turamiz. Mabodo, XBA yuborgan fuqaro bilan biror muammo çiqsa, uşbu mablağ orqali masala hal etiladi. Şu sababli fuqarolar faolroq bölişsa, mingta odamning pulini yiğib xorijga ketib qolmasdanoq muammoning oldini oliş mumkin böladi.
Hozirça, 2-3ta şunga öxşaş tuşunmovçilik kuzatildi. Biz öz vaqtida öşa agentliklar rahbariyatini ogohlantirdik. Ular çora körişdi va muammo barham topdi», - dedi Şerzod Qudbiyev.













